Saudiyaning ikki badavlat klubi "Barsa" futbolchisini talashyapti

  • 20.08.2026 18:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona»ning 22 yoshli yarim himoyachisi Mark Kasado Saudiya Arabistonining ikki klubi diqqat markazida turibdi. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, ispaniyalik futbolchini «Al-Hilol» va «Al-Ahli» jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Aytilishicha, har ikki klub ham Kasado uchun 40 million yevro atrofida to‘lov amalga oshirishga tayyor.

Shu bilan birga, futbolchining o‘zi shoshilmayapti. U qaror qabul qilishdan oldin barcha takliflarni atroflicha o‘rganib chiqishni istamoqda.

O‘tgan mavsumda Mark Kasado barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 34 o‘yinda maydonga tushdi va bir golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Yarim himoyachining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari uning bozor qiymatini 18 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!