
Saul Alvares faoliyatidagi eng kuchli raqibi kim ekanligini tan oldi...U Golovkin emas
Meksikalik bokschi Saul "Kanelo" Alvares Sergey Kovalyovga qarshi jang oldidan raqibining kuchli tomonlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Kovalyovning qo‘llari uzun va juda yaxshi “jeb” zarbalari bor. U ringda qanday harakat qilishni yaxshi biladi, ammo biz bunga tayyormiz.
U mening faoliyatimdagi eng kuchli raqib. Shubhasiz, men katta tavakkal qilmoqdaman.Biroq biz ham jangga tayyormiz. Kovalyovni mag‘lub etish uchun etarlicha aqlimiz va ko‘nikmalarimiz bor ", - deya Alvaresning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Boxingnews24.
"Kanelo" va Kovalyov jangi 2 noyabr kuni Las-Vegasda “MGM Grand”da bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahsga Kovalyovga tegishli bo‘lgan WBO chempionlik kamari tikilgan.
Fikrlar