
Saul Alvaresning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Yaqindagina Kallum Smitni mag‘lub etgan vazn toifasidan qa’ti nazar jahonning eng kuchli bokschisi Saul Alvares (54-1-2,36 KO) fevral oyida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Ya’ni, 27 fevral kuni “Kanelo” turkiyalik Avni Yildirimga (21-2, 12 KO) qarshi Mexiko shahrida ringga ko‘tariladi. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, aynan ushbu sanada meksikalik bokschi o‘z tavallud ayyomini nishonlaydi.
Mazkur bahsda “Kanelo” o‘zining WBC kamarini himoya qiladi. Bu borada uning menejeri Eddi Reynoso BoxingScene.com nashriga ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Alvares ikkinchi o‘rta vazn (76, 2 kg) toifasida David Benavidesdan vakant qolgan WBC kamarini Kallum Smit(27-1, 19 KO) bilan jangdan so‘ng qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar