"Sautgempton" qishda "Barselona" hujumchisini sotib olmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Sautgempton” klubi “Barselona”ning zahira hujumchisi hisoblangan Pako Alkaserga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra ingliz klubi 24 yoshli ispaniyalik forvardni qishki transferlar davridayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Alkaser “Barselona”ga 2016 yilning yozida “Valensiya”dan 30 million evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!