Sautgeyt Angliya terma jamoasiga kimlarni chaqirdi?

  • 4 oktabr, 2019, 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Chexiya va Bolgariyaga qarshi o‘yinlar uchun quyidagi futbolchilarni jalb etdi:

Tecno

Darvozabonlar: Tom Xiton ("Aston Villa"), Djordan Pikford ("Everton"), Nik Poup ("Bernli")

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Ben Chiluell ("Lester"), Djo Gomes ("Liverpul"), Maykl Kin ("Everton"), Xarri Maguayr ("Manchester Yunayted"), Tayron Mingz ("Aston Villa"), Denni Rouz ("Tottenxem"), Fikayo Tomori ("Chelsi"), Kiran Tripper ("Atletiko")

Yarim himoyachilar: Ross Barkli ("Chelsi"), Fabian Delf ("Everton"), Jordan Xenderson ("Liverpul"), Jeyms Meddison ("Lester"), Meyson Maunt ("Chelsi"), Deklan Rays ("Vest Xem"), Xarri Uinks ("Tottenxem")

Hujumchilar: Temmi Abraxam ("Chelsi"), Xarri Keyn ("Tottenxem"), Markus Reshford ("Manchester Yunayted"), Jeydon Sancho ("Borussiya" Dortmund), Raxim Sterling ("Manchester Siti"), Kallum Uilson ("Bornmut").

Ma’lumot uchun, Angliya dastlab 11 oktyabr kuni Chexiya mehmoni bo‘ladi, oradan 3 kun o‘tib esa Bolgariya terma jamoasi Londonga tashrif buyuradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!