
Sautgeyt: Menimcha, bu safar finalga chiqqanimizni kamroq nishonladik
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt milliy terma jamoaning Evro-2024 finaliga chiqishi haqidagi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bu butunlay boshqacha tuyg‘u [Evro-2020 finali bilan solishtirganda]. Hozir biz jamoa sifatida yangi davrdamiz, biroq bizda ikkita yirik turnir tajribasi bor.
Menimcha, bu safar finalga chiqqanimizni kamroq nishonladik. Ammo bu (finalga chiqish) biz uchun odatiy holga aylangan deb ayta olmayman, lekin baribir bu holat biroz oddiyroq bo‘lib qoldi. Angliya terma jamoasi tarixini hisobga olsak, bu kulgili tuyulishi mumkin”, - dedi Sautgeyt BBC’ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Evro-2024 finalida Angliya terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi qarama-qarshilik Berlinda Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi. Uchrashuvning bosh hakami vazifasini frantsiyalik Fransua Leteksier bajaradi.
Fikrlar