
Sautgeyt va Angliya terma jamoasi e’tirof etildi
BBC 2021 yil uchun turli sport nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarni e’lon qildi.
E’tiborlisi, yilning eng yaxshi futbol jamoasi nomi Angliya terma jamoasiga, eng yaxshi murabbiy nomi esa “Uch sherlar” ustozi Garet Sautgeytga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi so‘nggi Evropa chempionatini muvaffaqiyatli o‘tkazib, finalga qadar etib bordi. Ammo Londonda bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi bahsda Roberto Manchini boshchiligidagi italiyaliklarga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan edi.
Qolaversa, Sautgeyt shogirdlari kelasi yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar