
Sebalos "Betis"ga qaytishni istamoqda
29 yoshli yarim himoyachi Dani Sebalos "Real"da qolishni emas, aynan "Betis"ga o‘tishni maqsad qilmoqda.
Avvalroq "Marsel" uni 11+4 mln evro evaziga ijara va majburiy sotib olish shartnomasi asosida olishni rejalashtirgan edi. Bu taklif "Real"ga ma’qul kelgan, ammo futbolchining o‘zi ko‘chishni rad etdi.
COPE nashrining xabariga ko‘ra, Sebalosning yagona orzusi – kelasi mavsumni "Betis" safida o‘tkazish. U 2012–2017 yillarda ushbu klub tizimida to‘p surgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Marsel"ga rad javobi berishdan oldin Sebalos o‘z atrofi orqali "Betis"ga murojaat qilib, "Real" uni taxminan 10–12 mln evroga qo‘yib yuborishini bildirgan.
Biroq, sevilyaliklar bu miqdorni to‘lashga tayyor emas va hozircha bunday transfer klub uchun ustuvor hisoblanmaydi. "Betis" hozir "Manchester Yunayted"dan Antonini olishga yo‘nalgan, undan keyin esa himoyachiga moyilroq yarim himoyachi izlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar