
Sebalos uchun kurashda "Tottenxem" favorit
Londonning "Tottenxem" klubi "Real" Madrid yarim himoyachisi Dani Sebalosni sotib olish uchun birinchi raqamli da’vogarga aylandi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, 22 yoshli futbolchi bundan avvalroq “qirollik klubi”dan ketmoqchi emasligi va yangi mavsumda o‘zini albatta ko‘rsatishi haqida gapirgan edi. Biroq, “shporlar” uning transferi borasida yaxshi taklif bilan chiqishsa, madridliklar ushbu taklifga rozilik bildirishadi.
Ta’kidlash lozimki, Sebalosga shuningdek "Napoli" va "Milan" klublaridan ham jiddiy qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Sebalos o‘tgan mavsum La Liganing 23ta uchrashuvida maydonga tushdi va 3ta gol urishga erishdi.
Fikrlar