"Selta" rossiyalik futbolchini mashg‘ulotlarga qo‘ymaydi

  • 03.05.2020 18:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Selta” rossiyalik hujumchi Fyodor Smolovni mashg‘ulotlarga qo‘ymaydi. Bu haqda COPE nashri xabar tarqatmoqda.

Vigoliklar tez orada mashg‘ulotlarni boshlashlari kutilmoqda. Ammo, Smolov Rossiyaga ketib qolgani bois mashg‘ulotlarda ishtirok etolmaydi. U Ispaniyaga qaytgach 2 hafta davomida karantinda saqlanadi.

Ta’kidlash kerakki, Smolov bilan birga Rossiyaga ketgan “Selta”ning yana bir futbolchisi Pione Sisto ham ortga qaytgach karantinga olinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!