Semenyo 8 yanvar kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
"Bornmut" hujumchisi Antuan Semenyo 8 yanvar, payshanba kuni "Manchester Siti"ga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqida Sky Sports X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Avvalroq, "Manchester Siti" Antuan Semenyoning "Bormut" bilan shartnomasida ko‘rsatilgan 65 mln funt (74,8 mln yevro) miqdoridagi tovon pulini to‘lashi xabar qilingan edi.
Angliya Premier-ligasining joriy mavsumida 25 yoshli Antuan Semenyo 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 3 ta golli uzatma mualliflik qildi. Shuningdek, hujumchi Angliya Liga kubogida bitta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar