Semeno: "Xoland — dunyodagi eng kuchli hujumchi"

  • 10.10.2025 22:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Bornmut" vingeri Antuan Semeno "Manchester Siti" forvardi Erling Xoland haqida fikr bildirdi.

"Xoland — birinchi raqamli futbolchi. Uning gollarini ko‘rib, "hayotda u bunday bo‘lmasa kerak" deb o‘ylaysan. Lekin u haqiqatdan ham shunday! Qarang-a, qanday baland bo‘yli, jismonan baquvvat, tezkor va gol urishni juda yaxshi biladi. Hujumchi uchun kerak bo‘lgan barcha sifat unda bor", — dedi Semeno "City Report" nashriga.

Joriy mavsumda Erling Xoland APLda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, 25 yoshli norvegiyalik forvard sentyabr oyida APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!