Sen bo‘lmasang, boshqasi. “Chelsi” supertransferga tayyorlanyapti
“Chelsi” mutasaddilari jamoa etakchisi Antoni Ryudigerning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Londonliklar himoyachiga maosh taklif qilish borasida “Bavariya” va PSJ bilan raqobatlasha olmayapti.
Uning o‘rniga londonliklar “Inter” vakili Milan Shkrinyarni taklif qilmoqchi. Bu futbolchi ayni paytda futbol olamining eng mukammal markaziy himoyachisi hisoblanadi.
Shkrinyarga “Real” va “Manchester Siti” ham xaridor bo‘lmoqda. Biroq, ular slovakiyalik himoyachi bo‘yicha milanliklarga rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q. “Aristokratlar” bundan unumli foydalanmoqchi va “Inter”ni Shkrinyarga belgilingan 100 million evroni pasaytirishga ko‘ndirmoqchi.



Fikrlar