Senne Lammens — "Manchester Yunayted" darvozabonlari haqidagi tanqidlarga javob berdi
Yozgi transferlar oynasida "Manchester Yunayted" safiga kelib qo‘shilgan Senne Lammens debyut uchrashuvidan so‘ng taassurotlari hamda ayrim darvozabonlarga bo‘ladigan tanqidlar haqida gapirdi
"So‘nggi yillarda darvozabonlar atrofida juda ko‘p shov-shuv bo‘ldi. Ularga nisbatan salbiy fikrlar ko‘p aytildi. Lekin bu meni bezovta qilmadi. Men boshqalar ibrat oladigan darvozabon bo‘lishni xohlayman. Orzum — keyingi o‘n yil davomida bu erda o‘ynab, klub uchun muhim shaxsga aylanish va iz qoldirish. Bu — mening uzoq muddatli maqsadim.
Ilk o‘yinimdan so‘ng muxlislar men haqimda qo‘shiq aytganini eshitish juda yoqimli bo‘ldi. Bu katta kompliment, ayniqsa debyut bahsida. Biroq men bu entuziazmni ortiqcha katta deb hisoblamayman — hali Peter Shmeyxel kabi afsonaviy darvozabonlar bilan bir safda tura olish uchun ko‘p ish qilishim kerak.
Qachonki ishing yaxshi ketmasa — seni tanqid qilishadi, yaxshi ketsa — osmonga ko‘taradilar. Shuning uchun odamlar nima deyishini juda ham o‘ylamayman. Ammo "Sanderlend" (2:0) bilan bo‘lgan debyut men uchun qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunardim. Ilk taassurot yaxshi bo‘lishi kerak edi — va men bunga erishdim. Hech qanday ajoyib seyvlar qilmagan bo‘lsam-da, xotirjam o‘ynadim. Shu narsadan faxrlanaman", — dedi Lammens "HLN" nashriga bergan suhbatida.
Fikrlar