
Sensatsiya: “Barsa” Madriddagi yulduzni olib ketmoqchi
“Manchester Siti”da Erling Xolandning soyasida qolib ketganidan keyin Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tgan Xulian Alvaresning qarori to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
Argentinalik jahon chempioni “Atletiko”ga kelib, jamoaning haqiqiy etakchisiga aylandi. 25 yoshli forvard joriy mavsum barcha turnirlarda 23 ta gol urib, beshta assist qayd etdi.
Alvaresning samaradorligi “Barselona” rahbariyatining e’tiborini tortdi.
Kataloniyaliklar ashaddiy raqib – Madrid superklubi yulduzi olish rejalarini tuzmoqda. “Barselona” sport direktori Deku “matraschilar” ustozi Diego Simeone asosiy to‘purarlaridan birini osonlikcha qo‘yib yubormasligini biladi.
Shu bois, “Barselona” futbolchilari Alvaresning shartnomasiga madridliklar qiziqib turgan ikki o‘yinchi – Gavi va Ferran Torresni qo‘shish variantini ilgari surmoqda.
Fikrlar