Serbiyalik tennischi 2050 yilgacha musobaqalardan chetlatildi

  • 22.10.2026 12:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Tennis
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro tennisda halollikni ta’minlash agentligi (ITIA) serbiyalik tennischi Stefan Milichevichni 24 yilga musobaqalardan chetlatdi va unga 70 ming dollar miqdorida jarima soldi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli Milichevich bir qator kelishilgan o‘yinlarni tashkil etishda ayblanmoqda. Tergov versiyasiga ko‘ra, u 2022–2024 yillar orasida oltita uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsatgan, shulardan beshtasi uning o‘zi ishtirok etgan bahslar bo‘lgan. Shuningdek, u yana olti o‘yin natijasini o‘zgartirishga urinishda ham ayblanmoqda.

Bundan tashqari, tennischi bir necha professional sportchilarni korrupcion sxemaga jalb qilish yoki shunday urinishlarda aybdor deb topilgan. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tarmoq faoliyati natijasida boshqa bir qator tennischilar ham kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan.

ITIA tomonidan rasmiy tergov 2026 yilda o‘tkazilgan. Ammo Milichevich surishtiruv jarayonida ishtirok etmagan va tergov bilan hamkorlik qilmagan. Agentlik turli kanallar orqali unga yetti marta aloqa chiqishga urinagan, biroq tennischi biror marta javob qaytarmagan.

24 sentabr 2026 yili tergov yakunlari bo‘yicha Milichevichga qoidalarning jiddiy buzilishi haqida rasmiy xabarnoma yuborilgan. U bu hujjatga ham munosabat bildirmagani sabab, ITIA ichki qoidalari va jazo choralarini belgilash bo‘yicha tavsiyalariga muvofiq, 9 oktabrdan unga nisbatan 24 yillik diskvalifikatsiya va 70 ming dollar jarima rasmiy kuchga kirgan. Serbiyalik tennischiga nisbatan qo‘llanilgan ushbu jazo 2050 yil 8 oktabrgacha amal qiladi.

Diskvalifikatsiya muddati davomida Milichevichga har qanday musobaqada ishtirok etish, sportchilarni tayyorlash yoki World Tennis, WTA, ATP, “Katta dubulğa” turnirlari tashkilotchilari va milliy tennis assotsiatsiyalari tomonidan uyushtirilgan yoki ular tomonidan tasdiqlangan musobaqalarda tomoshabin sifatida ham qatnashish qat’iyan taqiqlanadi, deya qayd etilgan ITIAning rasmiy bayonotida.

Ma’lum bo‘lishicha, Milichevich professional faoliyati davomida ATP yoki ITF himoyasi ostidagi musobaqalarda biror marta ham sovrindorlikka erishmagan. U asosan “Fyuçers” turkumidagi boshlang‘ich darajadagi turnirlarda ishtirok etgan. Uning ATP reytingidagi eng yuqori ko‘rsatkichi yakka razryadda 1338-o‘rin bo‘lgan, umumiy statistikasida esa mag‘lubiyatlar soni ustun. Kortdagi barcha yillar davomida qo‘lga kiritgan sovrin puli jami 4 858 dollarni tashkil etgan, xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!