Sergeev jamoasi Tailand kubogini qo‘lga kiritdi

  • 17.06.2024 12:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Igor Sergeev "Patum Yunayted" bilan Tailand kubogi sohibiga aylandi. 

Mamlakat kubogi finali doirasidagi "Patum Yunayted" hamda "Muangtong Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:0 hisobida patumiliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Legionerimiz Igor Sergeev jarohati sabab o‘yinni o‘tkazib yubordi. 

Ma’lumot uchun, 31 yoshli hujumchi Osiyo kubogi 3-turidan o‘rin olgan Avstraliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida jarohat olib maydonni tark etgandi va hali maydonga qaytmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!