Sergey Kovalyov bloger Jeyk Polni ta’zirini berib qo‘ymoqchi

  • 4 aprel, 2022, 11:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Yarim og‘ir vazn (79,378 kg) toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov 14 may kuni Kaliforniyada Tervel Pulevga qarshi birinchi og‘ir vazn toifasidagi debyutidan so‘ng bloger Jeyk Pol bilan to‘qnash kelishga tayyorligini aytdi.

“Jeyk Pol bilan jang qilamizmi? Men tayyorman, - dedi Kovalyov TMZ nashriga. Va men uni nokaut qilaman. Ringga qaytishimga ijozat bering, keyin biz har qanday jang qilishimiz mumkin”.

Eslatib o‘tamiz,  39 yoshli Sergey Kovalyov 2019 yilning noyabr oyida Saul “Kanelo” Alvaresga yutqazganidan beri ringga chiqmadi va endi birinchi og‘ir vazn (90,718 kg )  toifasida ringga qaytish niyatida. Yaqinda uning promouteri Keti Duva, agar u muvaffaqiyatli debyut qilsa, Kovalyov yangi vaznda chempionlik uchun kurashishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!