
Sergey Lushchan: "Agar "Surxon"ni yutganimizda ham o‘sha g‘alabadan maza qilmasdim"
O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” (3:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.
- “Buxoro”ga qarshi kechgan bahsda hozirgi kundagi asosiy va optimal tarkibimiz maydonga tushdi. O‘zbekiston kubogi doirasidagi “Oq-tepa”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan keyingi o‘yin sun’iy maydonda bo‘ladi, shu sababli, tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi aniq. Ruslanbek Jiyanov va Alisher Odilovning esa oliy o‘quv yurtida imtihoni bor. Balki ular ham maydonga tushishmasa kerak
Pedro jamoaga moslashib bormoqda, ammo hozircha til borasida o‘rtada katta “jarlik” bor. Shu sababli, hozirda O‘rinboev o‘ynamoqda. Zabihillo yigitlarni ruhlantira oladi, kerak paytda urishib ham turadi.
Azimjon Ahmedovning o‘tgan yildan qolgan jarohati bezovta qildi, shu bois, bugun maydonga tushmadi. Jarohat olgan Mirzohid G‘ofurov va Muzaffar Mo‘minov individual tarzda mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda.
Masalan, o‘tgan tur uchrashuvida “Surxon”ga yutqazgandik. O‘sha bahsda biz yomon o‘ynamadik, shunchaki, raqib bizdan zo‘r o‘ynadi. Har jabhada bizdan ustunlik qilishdi va g‘alaba qozonishdi. Bu mavsumdagi eng yomon o‘yinimiz bo‘ldi. O‘sha yomon bahsda ham bizda g‘alaba uchun imkoniyatlar bo‘lgandi, agar yutganimizda ham o‘sha g‘alabadan men maza qilmasdim, - dedi Sergey Lushan.
Fikrlar