Serxio Ramos: Olimpiadada o‘ynash, menga qiziqarli

"Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos Evro-2020 o‘yinlari oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Men Ispaniya g‘ururi uchun maydonga tushayotganimdan doim xursand bo‘laman. Pike bilan birga ( o‘tgan oy Pike Ramos bilan birga Olimpiadada o‘ynash istagini bildirgandi) Olimpiadada o‘ynash, men uchun qiziqarli. Terma jamoaning boshqa a’zolari bilan ham birgalikda ushbu musobaqada ishtirok etish yoqimli bo‘ladi. Albatta, agar buning imkoni bo‘lsa.

Pikening so‘zlari meni hayron qoldirmadi. Birinchi navbatda, so‘zsiz bu Evropa chempionati va keyin ko‘ramiz. Men qiziqayapman, sababi avvallari Olimpiadada ishtirok etmaganman," - dedi Ramos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!