Serxio Ramos: Qanday qilib avtogol urganimni tushunmay qoldim
“Real Madrid” jamoasi himoyachisi va sardori Serxio Ramos “Sevilya”ga qarshi (1:2) kechgan Ispaniya chempionati 18-turidan keyin o‘yin haqida o‘z fikr bildirar ekan, mag‘lubiyatda hech kimni ayblash kerak emasligini aytdi.
Ushbu o‘yinda tajribali ispaniyalik himoyachi 85-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygandi va bu “Real”ning mag‘lubiyatiga ta’sir o‘tkazdi.

“Avtogol qanday amalga oshganini tushunmay qoldim. “Real”ning mag‘lubiyatida hech kimni ayblash kerak emas va o‘zimni oqlamoqchi ham emasman. Shunchaki g‘alaba qozona olmadik. “Real”ning o‘yinidan farxlanaman”, – deydi Serxio Ramos.

Fikrlar