“Sevilya” “Barsa” yulduzini olganini e’lon qiladi

  • 26 avgust, 2020, 11:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sevilya” Ronald Kuman kelganidan keyin kataloniyaliklarga kerak bo‘lmay qolgan Ivan Rakitichni o‘z tarkibiga qo‘shib oladi.

Tecno

Bu transfer shu haftada e’lon qilinadi.

Tomonlar 32 yoshli yarim himoyachining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Garchi Rakitichning “Barselona” bilan bir yillik shartnomasi bo‘lsa ham, u “Sevilya”ga erkin agent singari bepul borib qo‘shiladi. Buning evaziga “Barselona” andalusiyaliklarning ayrim futbolchilarini xarid qilish huquqini so‘ramoqda. Xususan, “Sevilya” Diego Kosta va Jyul Kundeni sotadigan bo‘lsa, bu futbolchilarga birinchi bo‘lib kataloniyaliklar da’vogarlik qilmoqchi.

Rakitich kataloniyaliklar safiga 2014 yila aynan “Sevilya”dan olib kelingan edi. Shu kunga qadar xorvatiyalik futbolchi to‘rt marotabadan La Liga chempioni, Mamlakat kubogi sohibi bo‘ldi. Xalqaro maydonda Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!