
"Sevilya" "Real" va "Barsa"ning umidli futbolchilarini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Sevilya" yozgi transferlar oynasida "Real"dan Arda Gyulerni va "Barselona"dan Mark Giuni qo‘lga kiritmoqchi. Bu haqda Ispaniyaning taniqli "Relevo" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, andalusiyaliklar ikki futbolchini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Agar buning iloji bo‘lmasa, ularni ijaraga olishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda "Sevilya" La Liganing 31-turidan so‘ng 34 ochko bilan 13-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar