
"Sevinch" - 12 karra O‘zbekiston kubogi sohibi
Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi finalidan o‘rin olgan "Sevinch" - OKMK-W bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda qashqadaryoliklar 3:0 hisobida zafar quchdi.
Gollarga Mehribon Egamberdieva, Lyudmila Karachik hamda Malika Burxonova mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Sevinch" 12 karra O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.
Fikrlar