Sexudo: "U Adesanyani to‘xtatadigan jangchi"
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Genri Sexudo Xamzat Chimaevning Israel Adesanyaga qarshi imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Men qimor o‘ynamayman, lekin agar pul tikishim kerak bo‘lsa, Chimaev Adesanyani to‘xtatadigan jangchi, deb hisoblayman.
Agar Israel uni mag‘lub etsa, men jimgina kechirim so‘rayman. Agar bu jang tashkil qilinsa, Chimaevni qo‘llab-quvvatlayman. U butunlay boshqa "hayvon".
Ko‘pchilikdan eshitganman, u hech kimga o‘xshamaydi. Bundan tashqari, u kuchli jangchi. Shunday ekan, Chimaev osonlikcha Adesanyani mag‘lub etishiga ishonaman", - dedi Sexudo.
Fikrlar