
Shahboz Jo‘rabekov "Navbahor"ga o‘tadimi?
Avvalroq, "So‘g‘diyona" himoyachisi Shahboz Jo‘rabekov "Navbahor"ga o‘tayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Futbolchi SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida bu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Inshaaloh, faoliyatimni Superligada davom ettiraman. Nafaqat "Navbahor", balki boshqa klublardan ham takliflar bo‘lmoqda.
Hozir ozroq dam olib, uyda otam bilan maslahatlashaman. Har holda, otam ham professional futbolchi bo‘lgan. Dekabr oyida yangilik bo‘ladi, Xudo xohlasa", - dedi Jo‘rabekov.
Ma’lumot o‘rnida, Shahboz o‘tgan mavsum Superliganing 25 o‘yinida 2 gol va 4 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar