Shahboz Umarov Belarus kubogi finalida o‘ynaydi
Kecha Belarus kubogi yarim finalidan o‘rin olgan ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Borisovning BATE jamoasi safarda "Torpedo-BelAZ"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Hamyurtimiz Shahboz Umarov mehmonlar safida 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Birinchi uchrashuvda qo‘lga kiritilgan g‘alaba (4:1) evaziga "sariq-ko‘klar" final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Hal qiluvchi uchrashuvda Vitaliy Jukovskiy shogirdlari "Shaxtyor"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "Isloch klubiga qarshi maydonda saf tortadi.
BATE hamda "Isloch" jamoalari o‘rtasidagi Belarus kubogi finali 23 may kuni Gomel shahridagi "Markaziy" stadionda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar