Shahobiddin Zoirov 12 iyul kuni professional ringda uchinchi jangini o‘tkazadi

  • 28 iyun, 2019, 15:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Shahobiddin Zoirov 12 iyul kuni jang qilishi haqida avvalroq xabar qilgandik. Hamyurtimiz 12 iyulda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni Zoirovga hindistonlik Amandip Singh raqiblik qiladi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Shahobiddin shu kungacha prof boksda ikki marotaba jang o‘tkazgan va ularning har ikkisini ham nokautli g‘alaba bilan yakunlagan. Singh esa bungacha professional ringda 4 marotaba jang qilib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Janglarning bittasini u muddatidan avval yakunlagan.

Manba: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

shaxa

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!