
Shahram G‘iyosov: Niyatlarimiz amalga oshdi
Xabaringiz bor, 3 aprel kuni Toshkentdagi "Humo Arena" sport majmuasida professional boks kechasi tashkil etiladi. Bugun "Hilton" mehmonxonasida bokschilar va ularning murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ushbu jang oqshomida ringga ko‘tariladigan Shahram G‘iyosov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Avvalambor, barchangizga Assalomu alaykum. Bunday lahzalarni ko‘rganimdan judayam xursandman. Har doim biz Amerikada mehmon bo‘lardik. Endi o‘zimizda janglarimizni o‘tkazib, siz muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Bunday sharoitlarni yaratib bergan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bizning niyatlarimiz va orzularimiz amalga oshdi. Hammangizni chiroyli g‘alabalar bilan xursand qilamiz. Har doim g‘alaba qozonib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘taramiz", - dedi Shahram G‘iyosov.
Fikrlar