Shahram G‘iyosovning sobiq raqibi million dollardan ortiqroq gonorarli jangda ringga ko‘tariladi, raqib ham jiddiy

  • 4 yanvar, 2023, 16:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) WBA Regular kamari egasi, litvalik Eymantas Stanionis (14-0, 9KO) 18 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida da’vogar Virjil Ortisga (19-0, 19KO) qarshi ringga ko‘tariladi.

WBA tomonidan buyurilgan mazkur jangni tashkil etish huquqi Ortisning promouterlik kompaniyasi - Golden Boy tomonidan 2,300,000 dollarga sotib olingan. Ushbu mablag‘ning 75 foizi (1,725,000 dollar) kamar egasi Stanionisga nasib qilsa, 25 foizi (575,000 dollar) Ortisga gonorar sifatida beriladi.

Stanionis 2022 yil 16 aprel kuni Rajab Butaevni mag‘lub etib WBA Regular jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.

24 yoshli da’vogar Virjil Ortis esa 2022 yil 13 avgust kuni angliyalik Maykl Makkinsonni muddatidan oldin taslim etgan va da’vogarlik maqomini olgan.

Eslatib o‘tamiz, Stanionis Rio Olimpiadasida hamyurtimiz Shahram G‘iyosovga imkoniyatni boy bergan va professional boksga o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!