
Shakiri faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin
"Liverpul" klubibining hujumkor yarim himoyachisi Jerdan Shakiri faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
L'Equipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “Lion” 29 yoshli shveytsariyalik futbolchining transferi bo‘yicha mersisaydliklarga taklif yuborgan. “Liverpul” Shakirining transferini 15 mln evroga baholamoqda.
Shakiri uchun shuningdek, "Latsio", "Napoli", "Sevilya" va "Vilyarreal" klublari ham kurash olib bormoqda.
Jerdan Shakiri 2018 yidan buyon “Liverpul” sharafini himoya qilmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol urdi.
Fikrlar