
Shakiri: "Ronalduni hisobdan chiqarib bo‘lmaydi"
Shveytsariyani nimchorak finalda Portugaliyaga qarshi uchrashuv kutmoqda. Ushbu o‘yin oldidan terma jamaoni asosiy futbolchilaridan biri Jerdan Shakiri Ronaldu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ronalduni hisobdan chiqarib bo‘lmaydi. U Lionel Messi bilan birgalikda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Bu yigit istalgan soniya, istalgan daqiqada gol urishi mumkin. Uning tajribasi bor va Portugaliya uchun qanchalik muhimligini hamma biladi”, - dedi 31 yoshli vinger.
“Ronaldudan tashqari boshqa futbolchilarga ham etibor berishimiz kerak. Sababi, ularda o‘yinni hal qilib ketishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar bor. Pley-offda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Biz bu uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqdamiz”, - deya qo‘shimcha qildi Shakiri.
Ayni damda MLSda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchi mundialda Serbiyaga qarshi o‘yinda bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu to‘qnashuv g‘olibi Marokash yoki Ispaniyaga qarshi chorak finalda maydonga tushadi.
Fikrlar