"Shalke 04”ning sobiq futbolchisi "Neftchi"ga keldi!

  • 06.12.2025 14:06
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Neftchi"da germaniyalik mutaxassis ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

" “Neftchi” futbol klubi nemis mutaxassisi Hans-Yurgen Gedeni yordamchi murabbiy etib tayinlanganligini e’lon qiladi. Hans-Yurgen Gede 1956 yilda Germaniyaning Gelzenkirxen shahrida tug‘ilgan.

Futbolchilik faoliyati:
Hans-Yurgen Gede professional faoliyatini “Shalke 04” klubida boshlagan. Keyinchalik “Proyssen” va “Fortuna Dyusseldorf” jamoalarida to‘p surgan. Ayniqsa “Fortuna” safida uzoq yillar etakchi futbolchi va sardor bo‘lib, 343 ta o‘yinda maydonga tushib, 48 ta gol muallifi bo‘lgan.

Murabbiylik faoliyati:
Gede murabbiylik faoliyatini 1991 yilda “Fortuna Dyusseldorf”da boshlagan. Shundan so‘ng Eronning “Persepolis” klubini boshqargan, yoshlar termasiga rahbarlik qilgan va bir qator Osiyo va Evropa klublarida faoliyat olib borgan.

Xalqaro tajriba:
U turli yillarda Eron, Bahrayn, Malayziya, Ozarbayjon, Liviya, Myanma va Germaniya klublarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, murabbiy O‘zbekistondagi faoliyati orqali ham allaqachon tanish bo‘lib ulgurgan. Gede 2003–2004 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasida yordamchi, keyin esa bosh murabbiy sifatida ham ishlagan.

Bugun esa Hans-Yurgen Gede o‘zining katta tajribasini “Neftchi” jamoasi ravnaqi yo‘lida safarbar etadi. Hans-Yurgen Gedega yangi mavsumda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!",—deyiladi farg‘onaliklar bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!