
"Shanxay SIPG" - "Ulsan Xyonde" 5:0 (video)
Avval xabar berganimizdek kecha OChL 6-turidan o‘rin olgan "Shanxay SIPG" hamda "Ulsan Xyonde" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Aziz Asimov boshqarib borgan uchrashuvda mezbonlar 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ahmedov bahsni asosiy tarkibda boshladi va 80-daqiqada zaxiraga olindi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Shu tariqa shanxayliklar hisobidagi ochkolar soni 9 taga etdi va jamoa guruhda 2-o‘rinni egallagan holda pley-off bosqichiga chiqdi. "Shanxay SIPG" 1/8 final bosqichida Janubiy Koreyaning "Chonbuk Motors" klubi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar