Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Tottenxem” bosh murabbiyni haydaydi
Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalida Madridda “Atletiko”dan 5:2 hisobida uchralgan mag‘lubiyat “Tottenxem” bosh murabbiyi Igor Tudorga qimmatga tushishi mumkin.
Xorvatiyalik murabbiy kuchli raqibga qarshi tarkib tanlashda adashdi va 17-daqiqadayoq darvozabonni almashtirishga majbur bo‘ldi. Londonliklar Madriddagi o‘yning dastlabki 22 daqiqasi davomida to‘rtta gol o‘tkazib yubordi.
Umuman olganda, “Tottenxem” Igor tudor bosh murabbiy etib tayinlangandan keyin qatorasiga uchta uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi
MatchDay Central nashri ma’lumotiga ko‘ra, murabbiyning taqdiri deyarli hal bo‘lgan. Klub uni ishdan bo‘shatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hozirda rahbariyat yangi murabbiy qidirishni boshlab yuborgan.
Fikrlar