Shaxmat: Rustam Qosimjonov va Magnus Karlsen to‘qnashuvini ko‘ramizmi?

  • 10 oktabr, 2019, 12:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

 Angliyaning Men orolida, dunyoning 154 nafar kuchli shaxmatchilari o‘zaro bahslarga kirishishgan. Jumladan, amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (Norvegiya), vitse-chempion Vishvvanatan Anand (Hindiston), Fabiano Karuana (AQSh), Sergey Karyakin (Rossiya) va boshqalar.

Tecno

Mukofot jamg‘armasi 433.000 AQSh dollari bo‘lgan ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov va Nodirbek Abdusattarov lar himoya qilishmoqda. Rustam Qosimjonov 2657 reyting ochkolari bilan Nodirbek Abdusattarov esa 2608 reyting ochkolari bilan musobaqaga etib borishgan. 22 oktyabr kuni yakuniga etadigan Grand Swiss turniri g‘olibi 70.000 AQSh dollarini, ikkinchi o‘ringa 50.000 AQSh dollari, uchinchi o‘rin sohibiga esa 40.000 AQSh dollar mukofotini qo‘lga kiritadi. Kuchli o‘ttizlikka kira olgan shaxmatchilarga esa 2000 AQSh dollariga ega bo‘ladi.

Qolaversa, turnir g‘olibi pul mukofotidan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionligi uchun kurashish mumkin bo‘lgan musobaqaga yo‘llanmani ham qo‘lga ham kiritadi.

Ushbu nufuzli turnirda, umumiy hisobda 42 davlatdan tashrif buyurgan 154 nafar shaxmatchilardan 134 tasi xalqaro grossmeysterlar, 17 nafari esa xalqaro sport ustalari hisoblanishadi.

Bez nazvaniya (2)

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!