Shaxmatchilarimiz yana bir karra chempion!

CHERY AUTO

Joriy yilning 16-22 noyabr kunlari Turkiyaning Mersin shahrida «Mersin Metropolitan Municipality 4th International CHess Tournament» turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini Abdusattarov Nodirbek, Yakubbaev Nodirbek, Guseynov Alixan, Turaev Halim hamda qizlardan Baymuratova Sevara himoya qilishdi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 15 davlatdan 81 shaxmatchi qatnashgan musobaqada, 13 grossmeyster hamda 15 xalqaro sport ustalari dona surishdi. Turnir shveytsarcha tizimda, 9 turdan iborat bo‘ldi hamda har bir partiya oxirigacha 90 daqiqa berildi.

Kuni kech o‘z nihoyasiga etgan xalqaro turnirda xalqaro grossmeyster Abdusattarov Nodirbek 9 ochkodan 7 ochko jamg‘arib turnir chempioniga aylandi. Baymuratova Sevara esa 5,5 ochko bilan qizlar o‘rtasida chempion bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!