
Shaxrom Samiev: "Golimni "ziga-zaga" deb qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag‘ishlayman"
“Andijon” Superliganing 5-turida Toshkentda “Lokomotiv”ni 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvda zaxiradan maydonga tushirilgan tojikistonlik hujumchi Shaxrom Samiev ikkinchi golga muallifilik qildi va chempionatimizdagi gollari hisobini ochdi. Futbolchi “Andijon” matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.
- Shaxrom, “Lokomotiv”ga qarshi bahs to‘g‘risida nima deya olasiz?
- O‘yin yaxshi va emotsiyalarga boy tarzda o‘tdi. Jamoadoshlarimga rahmat, oxirigacha hisobni ushlab turishdi va muxlislarga katta raxmat. Ular eng zo‘ri!
- “Andijon” safidagi birinchi golingizni urdingiz. Hissiyotlar qanday?
- G‘alabadan juda mamnunman. Jamoaning yutuqlariga o‘z hissamni qo‘shganimdan xursandman va bizda ahil bir oila mujassam.
- Zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirishda hissa qo‘shyapsiz va gol uryapsiz. Sizni “yashirin qurol” deb atasak bo‘ladimi?
- Nima desam ekan, men doim jamoaga yordam berishga tayyorman. Asosiy tarkibdami yo zaxiradanmi, farqi yo‘q. Yashirin qurol xaqida xech narsa deya olmayman (kuladi).
- Golingizni kimga bag‘ishladingiz?
- Golni bizni “ziga zaga”, “olg‘a “Andijon”, deb qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag‘ishlayman.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar