Shayxlar Salohning transferini qachon yakunlashi ma'lum bo‘ldi

  • 16.02.2026 06:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistoni  Professional ligasi rahbariyati mamlakatning yetakchi klublari bilan “Liverpul” qanot hujumchisi Muhammad Saloҳ kelasi yozda qaysi jamoaga o‘tishi mumkinligi bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

Ilgari 33 yoshli to‘purarga asosiy da’vogар sifatida “Al-Ittiҳod” e’tirof etilgan bo‘lsa,  endi vaziyat o‘zgarди. Ayni paytda Saloҳni qo‘lga kiritish uchun nomzodlar qatoriga “An-Nasr” ham qo‘shildi.

Bu haqida TEAMtalk xabar qildi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, saudiyalik rahbarlar misrlik futbolchining transferini joriy mavsum yakunlanishi bilan tezda amalga oshirishni istayapti.

“Liverpul” mutasaddilari Muhammad Saloҳning loyiha markazidagi figura ekanini aytayotgan bo‘lsa-da, joriy mavsumda hujumchi atrofida ro‘y bergan ziddiyatlardan keyin klub ichida uning ketishiga tayyorgarlik boshlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!