
"Sheffild Yunayted" 13 yillik tanaffusdan so‘ng APLga qaytdi
Chempionshipning 45-turida "Lids Yunayted" "Aston Villa" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynaganidan so‘ng, futbol tarixidagi dastlabki klubning elitaga chiqishi rasman ma’lum bo‘ldi.
Musobaqa yakunlanishiga 1 tur qolganida "Sheffild Yunayted" 3-pog‘onadagi "Lids"ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda. So‘nggi bor "Sheffild" Premer-ligada 2007 yilda ishtirok etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq "Norvich Siti" kelgusi mavsum uchun o‘ziga APLdan joy band qilib bo‘lgan edi.
Fikrlar