
Shensni: "Barsa"ning kelajagi buyuk"
"Barselona" klubining yangi darvozaboni Voytseh Shensni kataloniyaliklarning Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.
- Evropada har doim intiluvchan va hech qachon faqat ishtirok uchun o‘ynamaydigan bir nechta klublar mavjud. Bu erda yosh futbolchilar iste’dodligini va sovrinlarga chanqoqligini ko‘rmoqdaman. Barchasining saviyasi va kelajagi porloq.
Ishonchim komilki, biz barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimizni beramiz. Biroq, bu amalga oshmasa ham jamoaning kelajagi buyuk, - deya o‘z fikrini bildirib o‘tdi jamoaning yangi posboni.
Eslatib o‘tamiz, polshalik darvozabon og‘ir jarohat sababli mavsum yakunigacha safdan chiqqan Ter Shtegen o‘rniga olib kelindi.
Fikrlar