Shensni: "Barselona"ga o‘tishimga ayolim sababchi bo‘lgan"

  • 07.10.2025 22:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" darvozaboni Voytsex Shensni o‘tgan mavsum davomida kataloniyaliklar safiga qo‘shilib, faoliyatini qayta tiklagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorga uning turmush o‘rtog‘i asosiy sababchi bo‘lgan.

"Ota bo‘lish, shubhasiz, hayotimdagi eng muhim vazifadir. Uni qanchalik yaxshi ado etayotganimni bilmayman, buni xotinim va bolalarimdan so‘ragan ma’qul. Bu men o‘ynagan eng murakkab o‘yin, ammo ayni paytda eng ko‘p qoniqish beradigani hamdir.

Futbolga qaytish va "Barselona" safida to‘p surish men uchun aniq tanlov emas edi. Men buni xohlamagan edim; aksincha, nihoyat uy yumushlariga yordam beradigan va o‘zini ota sifatida to‘liq namoyon qiladigan haqiqiy ota bo‘lishga tayyorlanayotgan edim. Biroq xotinim qat’iy turib oldi. Bugungi kungacha u buni men uchun ajoyib imkoniyat deb bilganmi yoki shunchaki meni uydan chiqarib yubormoqchi bo‘lganmi, aniq bilmayman. Har holda, u o‘z maqsadiga erishdi va men undan juda minnatdorman", – deya ta’rif berib o‘tdi tajribali posbon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!