Sherali Jo‘raev nazorat o‘yinida "Sho‘rtan"ga g‘alaba keltirdi

  • 18 yanvar, 2024, 14:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

8 yanvardan o‘z qarorgohida yig‘ilgan "Sho‘rtan" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni G‘uzorda olib borishmoqda. Ayni damda g‘uzorliklar tarkibini kuchaytirish maqsadida bir qancha futbolchilar ham jamoa safida mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Tajribali futbolchilar bilan esa shartnomalar tuzilayotganidan xabaringiz bor.

"Sho‘rtan" kecha tayyorgarlik doirasida Muborakda «Mash’al» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Sinov bellashuvidagi yagona golga kuni kecha g‘uzorliklar bilan shartnoma imzolagan tajribali yarim himoyachi Sherali Jo‘raev mualliflik qildi.

"Sho‘rtan"  31 yanvarga qadar tayyorgarlikni G‘uzordagi qarorgohida olib boradi. Bu xususida "Sho‘rtan" matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!