"Sherif" - "Inter": Yaxshiboev o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda! (foto)
Evropa Chempionlar ligasi 4-turida "Sherif" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oladi.
Tiraspol shahrida bo‘lib o‘tadigan mazkur bahs oldidan mezbonlar bosh murabbiyi legionerimiz haqida to‘xtalib, uning maydonga tushishga tayyorligini ma’lum qildi. O‘z navbatida, "WhoScored" sayti ham Yaxshiboevning o‘yinni asosiy tarkibda boshlashini taxmin qildi.
Eslatib o‘tamiz, tomonlarning birinchi davradagi to‘qnashuvida "nerradzurrilar" 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Hamyurtimiz o‘sha bahsni jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar