
Sherzod Temirov Gonkong chempionatidan ketdi!
Gonkong premer-ligasida faoliyat olib ko‘rsatib kelgan yagona legionerimiz Sherzod Temirov kuni kecha erkin agentga aylandi.
Gap shundaki, “Kitchi” jamoasida to‘p surib kelgan hujumchimizning amaldagi shartnoma yakuniga etgani sababli tomonlar o‘zaro do‘stona ravishda xayrlashishgan.
“Kitchi” jamoasiga 2023 yilning noyabr oyida ko‘chib o‘tgan futbolchimiz o‘tgan vaqt davomida 52 ta o‘yinda maydonga tushib 23 ta gol urdi va 8 ta golli pasni amalga oshirdi.
Hozirda Temirovning oldida yangi variantlar bor. Futbolchining agentlari bu borada ish olib bormoqdalar.
Fikrlar