Sherzod Temirov: "Men murabbiylarga meni chaqiring deb ayta olmayman"

  • 23.03.2026 19:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoamiz navbatdagi xalqaro turnir uchun yig‘in o‘tkazmoqda. Bugungi mashg‘ulotlar oldidan Sherzodbek Temirov jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi. 
 
Sherzod O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi yig‘inida ishtirok etmoqdasiz. Katanechdan keyin Kannavaro davrida birinchi marta yig‘inga chaqirildingiz. Shu haqida nima deya olasiz? 
 
"Allohga shukur, katta muddatdan so‘ng yana safga qaytish bo‘ldi. Xudo Xohlasa, Jahon chempionati oldidan o‘zimizning yaxshi fazilatlarimizni namoyish etishga harakat qilamiz". 
 
Iroq chempionatida to‘purar bo‘lib turibsiz, bunga nima deya olasiz? 
 
"Iroq chempionatida 2-davra boshlandi. Yana bizning oldimizda 12-13 ta tur bor. U yerda ham raqobat kuchli, ko‘plab futbolchilar to‘purarlar jadvalida ortimizdan kelishyapti. Mavsum tugamasdan avval bir nima deya olmaymiz". 
 
Kecha Opta'ning reytingini ko‘rganimda, Iroq yulduzlar ligasi Superligadan yuqoriroqda turgan edi. Shunga qo‘shilasizmi? 
 
"Iroq ligasini bizdan ham ko‘ra, jurnalistlar yaxshiroq biladi. Baholash esa bizga emas". 
 
Gonkong chempionatida ham bir necha mavsum ko‘plab gollarni urgan edingiz. Shunga qaramay, terma jamoadan chaqiruv olmadingiz. Shu sabab, u chaqiruv siz uchun qanchalik kutilmagan bo‘ldi? 
 
"Endi ba'zi odamlarning fikricha, Gonkong ligasi ligasining darajasi past deb o‘ylashadi. Biroq, u yerda ham argentinalik, braziliyalik va boshqa davlatlardan ko‘plab legionerlar bor. Bu albatta, murabbiyning xohishi, men unga meni chaqirsin yoki boshqa narsa deb ayta olmayman. Men o‘z vazifamni bajarib, terma jamoaga qo‘ldan kelgancha yordam berishga harakat qilaman.

Agar yozda Superliga klublaridan taklif kelib tushsa, O‘zbekistonga qaytish imkoniyatingiz qanday? 
 
"Hozir ham bizning oldimizda takliflar bor. Hali menejerim bilan ko‘rishganim yo‘q, u hozir Niderlandiyada. Kelganidan so‘ng gaplashib ko‘ramiz!".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!