Shesni: Alisson zaxirada edi, endi Buffon ham zaxirada. Demak, men dunyoning eng yaxshi darvozaboniman

  • 5 sentabr, 2019, 16:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi darvozaboni Voytsex Shesni jamoadagi o‘z o‘rni haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Men "Roma"da bo‘lgan paytim dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo‘lgan Alisson zahirada edi. U hozir "Liverpul"da.

Hozir "Yuventus"da tarixning eng yaxshilaridan biri Buffon zaxirada o‘tiripti. Demak, men jahonning va tarixning eng yaxshi darvozaboniman.

Jiddiy aytadigan bo‘lsam, Jiji bilan yil davomida ishlash bu bebaho tajriba beradi.

Buffonning qaytishi bu "Yuventus" uchun ham, men uchun ham yaxshi tanlov bo‘ldi. U bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish, suhbatlashish, uni tomosha qilish, bilim almashish imkoniyati. Bu bebaho. Bunday imkoniyatdan foydalanmaslik uchun juda ahmoq bo‘lish kerak.

Men hayajondaman. Ikki yil oldin "Yuve"ga kelganimda, bi yil davomida zaxirada o‘tirishimni bilardim. Endi esa Buffon o‘z joyini bilgan holatda qaytmoqda. Bizning musobatlarimiz hal ham yaxshi," - dedi Shesni.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!