
Shogird ustozidan engildi yoxud "Seltik" - "Reynjers" 1:0
Glazgodagi "Seltik Park" stadionida kechgan "eski firma" derbisida "keltlar" 1:0 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdagi yagona gol ikkinchi bo‘lim o‘rtasida Jyul Ntshan tomonidan kiritildi.
"Seltik" bugungi g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 9 taga etkazib oldi Premer-liga turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Reynjers" esa 5 ochko bilan 7-pog‘onada bormoqda.
Ma’lumot uchun, "Seltik"ni ayni vaqtda Brendan Rojers boshqarib bormoqda. "Reynjers"ni esa Stiven Jerrard. Qizig‘i bu ikkovlon "Liverpul" safida ustoz-shogird sifatida birga ishlashgan.
Shotlandiya Premer-ligasi. 4-tur
"Seltik" – "Reynjers" – 1:0 (0:0)
Gol: Ntcham, 62 (1:0)
Fikrlar