
Shohasan Mirzamatovga Andijon viloyati hokimi tomonidan va’da qilingan 3 xonali kvartira topshirildi (Video)
Xabaringiz bor, 5 dekabr kuni Andijon shahrida Mahmud Muradov asos solgan promoushenning ikkinchi turniri bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Andijon viloyati hokimi kubogi sifatida ham tashkil etilgan ushbu jang kechasining asosiy to‘qnashuvida hamyurtimiz Shohasan Mirzamatov braziliyalik Tiago Oliveyrani muddatidan avval texnik nokaut bilan mag‘lub etgan edi.
Jangni bevosita arenadan tomosha qilgan viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov jangdan keyin Shohasan Mirzamatovga kubok topshirish bilan birga Andijon shahrining markazidan 3 xonali uy ham sovg‘a qilinishini ma’lum qilgan edi.
Bugun ushbu sovg‘a o‘z egasiga ya’ni, Shohasan Mirzamatovga taqdim etildi.
Fikrlar