Shoxruh Abdurahmonov "Energetik-BGU" a’zosiga aylandi
O‘tgan mavsumda pro ligada “Dinamo” safida to‘p surib jamoasining Superligaga chiqishida katta hissa qo‘shgan hujumkor yarim himoyachi Shoxruh Abdurahmonov legionerga aylanish maqsadida faoliyatini Belarus chempionatida davom ettiradi.
Ilgari xabar berganimizdek, u “Energetik-BGU” jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgandi. Futbolchining Sports.uz nashriga ma’lum qilishicha, klub bilan shartnoma imzolashga erishgan. Shu tariqa, Abdurahmonov endi “Energetik-BGU” sharafini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, "Energetik-BGU" safida yana bir hamyurtimiz Bobur Abduxoliqov ham faoliyat olib bormoqda.
Fikrlar